-Поиск по дневнику

Поиск сообщений в yadgarovich

 -Подписка по e-mail

 

 -Статистика

Статистика LiveInternet.ru: показано количество хитов и посетителей
Создан: 19.03.2011
Записей: 50
Комментариев: 3
Написано: 52





Sport yangiliklari

Среда, 07 Марта 2012 г. 12:00 + в цитатник

Marselda bo’lib o’tgan turnir yarimfinalida argentinalik Xuan Martin del Potro fransiyalik Jo-Vilfred Tsonguni 6:4, 6:7, 6:3 hisobda ortda qoldirdi va matchni quyidagicha sharhladi.

“Men yana bitta finalda o’ynash imkoniyatiga ega bo’lganimdan juda ham xursandman. Fransiyalik Tsongu ustidan qozongan g‘alabam kelgusidagi muvaffaqqiyatlarimga umid bag’ishlaydi. Men turnirda g’alabaga yaqinlashay deb qoldim va kurashga tayyorman”, - deb keltiradi sportchining so’zlarini ATP sayti.

Sportbox

Sport yangiliklari

Среда, 07 Марта 2012 г. 12:00 + в цитатник

Olimpiada o’yinlarining saralash baxslarini o’tqizayotgan olimpiadachilarimiz og’ir ahvolda qolishdi. Iroqqa qarshi kechgan o’yindagi 1:2 hisobidagi mag’lubiyatimiz, hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Avstraliya termasi ustidan qilgan g’alabasi endi oradagi farqni 3 ochkoga oshirib yubordi.

Ushbu uchrashuvdagi yagona gol 23-daqiqada Umar Abdurahmon tomonidan kiritilgan bo’lib, keying bosqichga chiqish uchun BAAliklarning imkoniyatini ancha yaxshiladi. Endilikda, O’zbekiston terma jamoasi Londonga yo’llanmani qo’lga kiritish uchun o’z maydonlarida BAA termasini dog’da qoldirishi kerak bo’ladi; hattoki durrang ham termamizni qoniqtirmaydi.

Quyida B guruhidagi turnir jadvalini keltirib o’tamiz:

Jamoa nomi O’yinlar soni G’alaba Durrang Mag’lubiyat T-N Оchko
1 BAA 5 3 2 0 5-0 11
2 O'zbekiston 5 2 2 1 5-2 8
3 Iroq 5 1 1 3 2-7 4
4 Avstraliya 5 0 3 2 0-3 3
Sportbox

Sport yangiliklari

Среда, 07 Марта 2012 г. 12:00 + в цитатник

Marselda bo’lib o’tgan turnirning birinchi doirasida chexiyalik Lukash rosolga qarshi o’yinda 2:6, 7:6, 6:3 hisobda zafar qozongan ukrainalik Aleksandr Dolgopolov Tvitterda aytishi bo’yicha u g’alabasi bilan mamnun bo’lgan, ammo bo’lib o’tgan o’yin uni qoniqtirmagan.

“Men yana o’yinga tushdim, buning uncha ahamiyati yo’q, ammo g’alaba baribir g’alabada. Umid qilamanki, bu yerda yanada ko’proq matchlarda o’yinga tushishga imkon bo’ladi”, - deb yozadi Dolgopolov.

Sportbox

Aleks Fergyuson “Biz mag`lubiyatga uchrashimiz mumkin emas”

Воскресенье, 04 Марта 2012 г. 18:10 + в цитатник

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson
“Tottenxem”ga qarshi bo`lib o`tadigan o`yin judayam muhim deb
hisoblaydi.

“Bu judayam muhim o`yin, chunki, “Manchester Siti”gacha
uchrashuvlarda ochko yo`qotmasligimiz lozim. Shu paytgacha “taqachilar”
bilan bo`lib o`tgan uchrashuvlar qiyin kechgan. Biz bu o`yinda
mag`lubiyatga uchrashimiz mumkin emas.


Andre Villash Boash bo'shatildi

Воскресенье, 04 Марта 2012 г. 18:00 + в цитатник
Chelsi jamoasining rasmiy sayti xabar berishicha, jamoaning bosh murabbiyi Andre Villash Boash o'z lavozimidan ozod etlidi.

Hozircha bu voqae haqida to'liq ma'lumot yoq. Bu boradagi yangiliklar bilan saytimiz sahifalarida xabar berib turamiz.


Klaudio Markizio: “Milan” avvaldan favorit edi va shundayligicha qolmoqda”

Пятница, 02 Марта 2012 г. 22:50 + в цитатник

“Milan” skudetto kurashi uchun favorit , deb hisoblaydi “Yuventus”
ning yarim himoyachisi Klaudio Markizio. Lekin shunday bo’lsada,
italiyalikning so’ziga qaraganda uning jamoasi taslim bo’lishni
o’ylayotgani ham yo’q. Bugungi kunda Turinliklar qizil-qoralardan bir
ochkoga ortda qolishmoqda, lekin ular zahirasida yana bitta o’yin bor.


“Milan avvaldan favorit edi va shundayligicha qolmoqda, buni ular
shanba kungi o’yinda ko’rsatishdi. Allegri shogirtlari bizning zarracha
xatoyimizdan foydalanishga tayyorlar. Nima bo’lsa ham “Yuventus”
ohirigacha kurashni davom ettiradi. Bu mavsumda bizda chempionatda ham,
kubokda ham juda yaxshi imkoniyatlar bor”, – deb Markizio so’zlarini “La
Gazetta dello Sport” keltirdi.


Ueyn Runi “Tottenxem”ga qarshi maydonga tushadi

Пятница, 02 Марта 2012 г. 22:50 + в цитатник

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi
jamoaning umumiy mashg`ulotlarida ishtirok etdi. O`yinchi tomog`
og`rig`i tufayli bir nechta o`yinlarni o`tkazib yuborgan edi. Reuters
xabarlariga ko`ra, futbolchi yakshanba kuni APLning 27-turida
“Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Gollandiyaga qarshi kechgan  o`rtoqlik uchrashuvida boshidan jarohat
olgan himoyachi Kris Smolling “taqachilar”ga qarshi o`yinda maydonga
tushishi shubha ostida,, yarim himoyachilar Tom Kleverli va Antonio
Valensiyalar esa jarohatlari borligini uchun jamoasiga yordam bera
olmaydilar.


Seydu Keyta “Liverpul” klubining unga bo`lgan qiziqishidan mamnun

Среда, 29 Февраля 2012 г. 23:20 + в цитатник

“Barselona” yarim himoyachisi Seydu Keyta “Liverpul” jamoasining unga bo`lgan  qiziqishlaridan mamnun ekanligini aytdi.

“Jahonning eng mashhur jamosi men bilan qiziqayotganidan judayam
mamnunman. Shunga qaramay, men o`z faoliyatimni Angliyada davom
ettirishni tasdiqlamayman. Keling mavsum oxirigacha kutaylik. Men
“Barselona”ni sevaman va “ko`k anorlar”ga kuch jihatdan tenglasha
oladigan jamoani topish menga juda qiyin bo`ladi. Lekin men har bir
 uchrashuvda maydonga tushishni xohlashimni aytib o`tganman”,- deb Keyta
so`zlarini keltiradi ESPN.

Qayd etamiz, ushbu mavsumda Keyta katalonlar asosiy tarkibda yetti marta o’yinga tushirildi xolos.


Vadim Abramov Yaponiyaga qarshi asosiy tarkibni e’lon qildi

Среда, 29 Февраля 2012 г. 12:50 + в цитатник

O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Yaponiyaga qarshi o’yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi

4-4-2 sxemasi bilan o’yinni boshlaydigan O’zbekiston milliy terma
jamoasi darvozasini kutilganidek Ignatiy Nestov qo’riqlaydi. Artyom
Filiposyan va Anzur ismoilov markaziy himoyada harakat qilsa, qanotlarda
Islom Inomov Stanislav Andreev to’p suradi. Andreevning chap qanot
himoyasida to’p surishi kutilmagan holatlardan biri bo’lsa ajab emas.
Maydon Markazi Temur Kapadze va Aziz Haydarovga ishonib topshirildi.
O’ng qanotda Jasur Hasanov, Chap qanotga Ildar Magdiev harakat qiladi.
Va nihoyat hujum chizig’i Baxodir Nasimov va Aleksand Shadringa ishonib
topshirildi.

O’zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi: Ignatiy Nestrov,
Islom Inomov, Anzur Ismoilov, Artyom Filiposyan, Stanislav Andreev,
Jasur Hasanov, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Ildar Magdieev, Aleksandr
Shadrin, va Baxodir Nasimov.




Krishtiano Ronaldo “Real”ning 13-to’purariga aylandi

Среда, 29 Февраля 2012 г. 12:20 + в цитатник

Madridning “Real” jamoasi yetakchisi Krishtiano Ronaldo Ispaniya
chempionatining 24-tur uchrashuvida  “Rasing” (4:0) darvozasiga o’zining
“Real” tarkibidagi 121-to’pini kiritdi va “Real Madrid” tarixidagi
to’purarlar ro’yxatida 13-o’ringa chiqib oldi. Endilikda Ronaldo “Real”
tarkibida 1977-1987 yillarda to’p surgan Xuanito bilan birgalikda
13-o’rinda ketmoqdalar. Hozirda ushbu ro’yxatni klub afsonasiga aylangan
Raul Gonsales 323 ta gol bilan boshqarib turmoqda. Shuni aytib o’tish
joizki, Ronaldo ushbu gollarini urishda 123 ta o’yin kifoya qilgan.


Villash-Boash: “Chelsiga Xalkdek o`yinchi kerak”

Среда, 29 Февраля 2012 г. 12:11 + в цитатник
“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash yaqinlashayotgan
yozgi transfer bozorida  “Portu” hujumchisi Xalkni sotib olishni maqsad
qilgan.

“Chelsi”da yozda jamoani tark etishi mumkin bo`lgan futbolchilar bor.
Masalan, Solomon Kalu va Floran Maludaning shartnomasi tugash
arafasida, lekin mavsum oxirida nima bo`lishi hozircha noma`lum. Mata va
Starrijlar bo`lsa – bizning kelajagamiz. Shuning uchun jamoamizda
yozgacha bo`sh o`rin paydo  bo`lishi mumkin. O`ylashimcha, qanotlardan
raqibga qarshi birma bir vaziyatlarda o`tib keta oladigan jangovor
o`yinchi  bizga judayam kerak. Bu talablarning barchasiga Xalk javob
bera oladi deb ishonaman”, - dedi Villash-Boash “TSF”ga bergan
ma`lumotida.

Eslatib o'tamiz Xalkning "Portu" bilan o'zaro shartnomasida o'yinchini qo'yib yuborish narxi 100 million yevroni tashkil etadi.


Klichkoga tushgan tarsakidan fotolavhalar

Среда, 29 Февраля 2012 г. 12:11 + в цитатник
Bokschilaning jang oldidan bo'lib o'tadigan an'anaviy vazn tortish
jarayonida britaniyalik Dereka Chisora Klichkoning yuziga tarsaki
tushirib qoldi. Habaringiz bor bundan oldin ham Chisora o'zining
matbuotdagi chiqishlarida Klichkoning shaniga qarata haqoratli so'zlar
gapirgan edi. Chisoraning ta'kidlashicha uning bu harakteri 18 fevralda
bo'lib o'tadigan jangda unga yordam berar ekan. O'z navbatida Klichko
haqoratli tarsakiga hech qanday javob qaytargani yo'q va shunchaki
Chisora o'z ulushini jangda olishini takidlab o'tdi. Quyida ushbu
tarsaki jarayonidan fotolavhalar keltirib o'tamiz:

Joze Mourinyo Madridliklar safini tark etgach qaysi jamoaga murabbiylik qiladi?

Среда, 29 Февраля 2012 г. 12:10 + в цитатник
Madrid jamoasining chorshanba kungi Kopa Del Rey chorak-finalida
azaliy raqib Barselonaga mag’lub bo’lishi portugaliyalik murabbiyning
jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi.

Murabbiy, garchi g’alaba qozonilganiga qaramay, bundan bir qancha
muddat oldin Ispaniya ligasida bo’lib o’tgan Atletikoga qarshi
uchrashuvda o’z maydonida sodiq muxlislardan birinchi marta norozilik
hushtaklarini qabul qilib olgan edi. Jamoaning La-Liga turnir jadvalida
kataloniyaliklardan 5 ochkoga o’zib ketganiga qaramay, kelasi
2012-2013-yilgi mavsumda Joze Mourinyo o’z faoliyatini boshqa jamoada
davom ettirishi mumkin.

Sportingbet kompaniyasi sharoitidan kelib chiqib,
agar murabbiy jamoani tark etsa, u o’tishi mumkin bo’lgan jamoa qaysi
bo’lishi mumkinligini baholab chiqdi.


Chisora Klichkoning yuziga tarsaki tushurdi

Среда, 29 Февраля 2012 г. 01:40 + в цитатник
Derek Chisora bugun Vitaliy Klichkoning yuziga tarsaki tushurdi. Bu
voqea Chisora hamda Klichkolarning og'irligini o'lchash marosimida yuz
berdi. Klichko Chisoraning bunday qilig'iga javob qaytarmadi. Uning
so'zlariga qaraganda Chisora javobni endi ringda oladi.

- "Men bunday g'alamisliklarga ahamiyat berish yoshidan o'tganman,
men bu sohada anchagina tajribaliman, shuning uchun bu menga hech qanday
ta'sir ko'rsatmadi." - deydi Klichko.

Vazn borasida Klichko raqibiga qaraganda biroz og'irroq chiqdi.
Ukrainalik bokserning og'irligi 110,5 kilogramm bo'lsa, Chisoraning
og'irligi 109,5 killogrammni tashkil qildi.


Shesni: “Van Persi – “Arsenal”ning haqiqiy yetakchisi va sardori”

Среда, 29 Февраля 2012 г. 00:10 + в цитатник
“Arsenal” jamosi darvozaboni Voytsex Shesni “kanonirlar” sardori
Robin van Persini  jamoada qolishini xohlaydi. Polshalik darvozabonning 
so`zlariga  ko`ra, gollandiyalik hujumchi aynan ushbu klubda o`zining
eng yaxshi va yorqin o`yinlarini namoyish qiladi.

“Futbolchilar transfer haqida hech qanday qaror qabul qilishmaydi,
-deydi Shesni “Sky Sport”ga bergan intervyusida.  – Lekin hamma Van
Persini “Arsenal”da qolishini xohlashmoqda. U jamoaning haqiqiy
yetakchisi va sardori. Shaxsan menda Robinning “Arsenal”dan ketmasligiga
shubha  y`oq. Aynan ushbu jamoada u o`zining eng yaxshi va yorqin
o`yinlarini namoyish etadi. O`ylaymanki, hujumchi jamoani tark etmaydi.


PSJ Benzema bilan qiziqmoqda

Вторник, 28 Февраля 2012 г. 19:20 + в цитатник

La Perisien xabar berishicha, PSJ jamoasi "Real"ning fransiyalik
hujumchisi Karim Benzema bilan qiziqmoqda. Parijliklar yozda ushbu
futbolchiga taklif bilan chiqishmoqchi. Bu ma'lumotni PSJ jamoasi sport
direktori tasdiqlab o'tgan.


O’zbekiston milliy terma jamoasi- oq libosda

Вторник, 28 Февраля 2012 г. 14:20 + в цитатник

Ertaga Toshkent vaqti bilan 15:32 da Yaponiya va O’zbekiston milliy
terma jamoalari “Toyota” stadionida saf tortishadi.Bugun uchrashuv
komissari eronlik Hassan Gaffari har ikki mamlakat terma jamoalari
rasmiylari ishtirokidagi uchrashuvga rahbarlik qildi.Unda o’yin oldidan
barcha tashkiliy masalalar hal etib olingani etiborga molik. “Toyota”
stadioni majlislar zalida o’tgan uchrashuvda mezbonlarning an’anaviy
to’q ko’k rang libosda harakat qilishi ma’lum bo’ldi. O’zbekiston Milliy
terma jamoasi esa oq libosda maydonga chiqib keladi.


FIFA O’FF appelatsiyasini inobatga olmadi

Вторник, 28 Февраля 2012 г. 14:20 + в цитатник

20 fevral kuni O’FF prezidenti Mirabror Usmonov FIFAning 17 fevral kuni
chiqargan qaroriga nisbatan appelatsiyaga imzo chekkandi. Boisi 7 fevral
kuni shveysariyalik Marsel Mate rahbarligidagi FIFA tartib intizomi
qo’mitasi JCH-2014 Osiyo saralash musobaqasi 3-bosqich uchrashuvidan
kelib chiqib, O’zbekiston Milliy Terma jamoasining besh nafar
futbolchisi va O’zbekiston futbol federatsiyasini jazolagan edi.

Halqaro futbol uyushmasi FIFA O’FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaevga
mazkur appelatsiya yuzasidan o’z munosabatini taqdim etdi. Unda FIFA
tartib intizom qo’mitasining 118-bandi ilova qilingan bo’lib, FIFA
quyidagi vaziyatlar uchun yozilgan appelatsiyalarga etibor
qaratmasligini ma’lum qilgan:


Разработка сайтов в Узбекистане

Суббота, 20 Августа 2011 г. 06:00 + в цитатник

Разработка сайтов в Узбекистане

Создание сайта-визитки;
Создание сайта интернет-магазина;
Создание корпоративного сайта;
Создание информационного портала;
Создание сайта интернет-каталога;
Создание промо-сайта;
Создание сайта для специального или нестандартного проекта.


Тош

Пятница, 03 Июня 2011 г. 11:30 + в цитатник
Ўзгага жа

Арасту

Пятница, 03 Июня 2011 г. 11:15 + в цитатник
Арасту – (милоддан аввалги IV аср) – барча замонларнинг олимлари учун устоз

Чоли

Пятница, 03 Июня 2011 г. 11:15 + в цитатник
Тўртинчи синфда эдим. Ёшим ўн иккиларда бўлиши керак. Француз тили муаллимамиз Алекси опа бир кун бизга иншодан вазифа топширди. «

Гётенинг заковат хазинаси

Пятница, 03 Июня 2011 г. 11:10 + в цитатник
«Аслида биз

Шум Бола

Четверг, 02 Июня 2011 г. 14:40 + в цитатник
Биз бугун севиб ў

В Узбекистане будут производить компьютеры

Среда, 04 Мая 2011 г. 14:20 + в цитатник

Латвийская Micro dators планирует в скором времени реализовать два проекта в Узбекистане, включая проект по производству компьютерной техники.

Член правления компании Micro dators Ина Гуде отметила, что в рамках первого проекта компания планирует поставить электронное оборудование, считывающее данные со счетчиков потребления электроэнергии и воды.

"Второй проект - строительство завода по производству компьютерной техники: планшетных компьютеров, ноутбуков, настольных моделей", - отметила она.

Компания Micro dators вкладывает в эту идею свои технологии и ноу-хау. Узбекские партнеры в свою очередь готовы вложить в этот проект около $10 млн. Завод, который планируется открыть в СИЭЗ "Навои", даст возможность создать около 160 рабочих мест.

Сегодня около 30 латвийских фирм работают в Узбекистане. Из них около десяти представляют собой совместные узбекско-латвийские предприятия, и пять компаний с полностью латвийским капиталом.

Большая часть из них работает в сфере логистики (Cargo Control, Profi Logistics, Uzbalt, BVN Trading), другие занимаются в сфере пищевой и деревообрабатывающей промышленности.


Sabog'a

Среда, 20 Апреля 2011 г. 12:45 + в цитатник

Bo'lmaguncha

Среда, 20 Апреля 2011 г. 09:45 + в цитатник

Ohista

Среда, 20 Апреля 2011 г. 09:40 + в цитатник
Batafsil: Kitoblar, referatlar, maqolalar Borurman ostoniga sahar ohista-ohista,
Surarman ko

Bo'lmasa

Среда, 20 Апреля 2011 г. 09:40 + в цитатник

Shaxsiy oilaviy baxtni t

Пятница, 15 Апреля 2011 г. 08:45 + в цитатник


Поиск сообщений в yadgarovich
Страницы: [2] 1 Календарь