Shuhratjon AHMADJONOV
(22-maqolam, 2006 yil 23 may) OZBEKISTON MAXSUS XIZMAT ORGANLARI VA INTERNETDAGI SHAXSIY YOZISHMALAR XAVFSIZLIGINI TAMINLASH
Bazi davlatlarda ijtimoiy turmush shunchalik oshkora hukmronki, hatto Maxfiy Politsiya ochiqdan-ochiq va hamma joyda korinib turadi. [1, 188-b.]
STANISLAV YEJE LES (1909-1966)
MUNDARIJA
Muqaddima
1. Maxsus xizmat organlari jurnalist Alisher Taksanovga qarshi Internetda uyushtirgan fitnasi.
2. Fuqarolarning ozaro shaxsiy yozishmalariga yot kimsalarning yoki maxsus xizmat organlaarining aralashishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga Abdulla Qodiriyning Utkan kunlar romanidan misol.
3. Jahonda Internetdagi soz erkinligi darajasi va Ozbekistonda kompyuter, Internet hamda electron pochta sohasidagi tazyiqlarga doir bazi bir hayotiy misollar.
3.1. Internetdagi soz erkinligi darajasiga oid Chegara bilmas muxbirlar xalqaro tashkilotining 2006 yilgi hisobotidan ayrim malumotlar.
3.2. Ozbekistonda Internetni yalpi nazorat ostiga olishga harakat qilinayotganligiga misol: SharqTELEKOM yopiq aksionerlik jamiyati (YoAJ)ning FTP-servisiga qoyilgan talablar bayoni.
3.3. Onalar olim jazosiga va qiynoqlarga qarshi qomitasining rahbari Tamara Chikunovaning www.freeuzbekistan.com sayti muharriri Valeriy Petrenkoga yozgan xati.
3.4. Jurnalist Rahimjon Zafarning Internetdagi tazyiqlarga doir fikrlari.
3.5. Ozbekiston maxsus xizmat organlari va ularning gumashtalari Internet va electron pochta sohasida muallifga nisbatan qilayotgan ayrim qarshiliklari.
3.5.1. Muallifga 2004 yil 26 yanvar kuni elektron pochta orqali Odam Insonov yuborgan tahdid xati tafsilotlari.
3.5.2. Muallif 2005-2006 yillarda foydalangan tortta internet-klubning yopilishi va ikkitasida kompyuter xizmatidan foydalanish taqiqlanishi tafsilotlari.
3.5.3. Muxolifat vakillarining kompyuteriga va disketlariga kimlardir viruslar kiritayotganligiga doir bazi bir fikrlar.
3.5.4. Muallifning elektron pochtasi orqali bolayotgan yozishmalariga kimlardir aralashayotganliklariga doir bazi bir faktlar.
4. Demokratlar foydalanayotgan aloqa vositalarining xavfsizligi muammolari va bu borada mutaxassislarning tavsiyalari.
4.1. Internetdan foydalanish bilan bogliq xavfsizlik muammolari.
4.2. Internet xavfsizligining asosiy qoidalari.
4.3. Elektron pochta bilan xavfsiz ishlashning asosiy qoidalari.
4.4. Kodlash: savollar va javoblar.
4.4.1. Kodlashning ozi nima?
4.4.2. Inson huquqlari himoyachilari (inhhimlar), demokratlar nima uchun kodlashdan foydalanishlari kerak?
4.4.3. Kodlashdan foydalanish nolegalmi (yashirinmi)?
4.4.4. Bizning informatsion texnologiya (IT) tizimlarni xavfsizlantirish uchun nima qilmoq kerak?
4.4.5. Qaysi kodlash dasturi tanlashni qanday aniqlashtirsa boladi?
4.4.6. Kodlashdan foydalanish mening kompyuterimni buzish xavfini yanada oshishiga olib kelmaydimi?
4.4.7. Nima uchun pochta va hujjatlarni doimo kodlash kerak?
4.4.8. Agar menda bradmauer bolsa, nima uchun oz pochtamni kodlashim kerak?
4.4.9. Mening ofisimni hech kim buzayotgani yoq, nega endi men maxfiy dasturiy taminotdan foydalanishim kerak?
4.4.10. Bizning Internetga kirish imkoniyatimiz yoq va biz internet-kafe xizmatidan foydalanishga majburmiz . Begona kompyuterdan jonatilayotgan pochtamizni qanday himoya qilsak boladi?
4.4.11. Agar bizning fayllar va pochtani himoya qilish shunday muhim ekan, nega hamma buni qilmaydi?
4.4.12. Bizning prinsiplarimizdan biri ochiqlikdir. Biz hukumat faoliyatining koproq shaffofligi haqida oshkora gapiramiz. Biz qanday qilib yashirin texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin?
4.4.13. Biz maxfiylik va yashirinlikning barcha bayonnomalariga rioya qilmoqdamiz, lekin, shunga qaramay, axborotning chiqib ketishi davom etmoqda nima gap?
4.5. Shifrlashdan foydalanish boyicha tavsiyalar.
4.6. Elektron pochta bilan ishlashda foydali odatlar.
4.7. Internet-klub (kafe)larda va boshqa joylarda kompyuterdan foydalanganda ehtiyotkorlikka doir umumiy mulohazalar.
5. Internetda va electron pochtada yozishmalar paytida tazyiqlar bolayotganligi sababli muallifning oz safdoshlariga murojaati.
Foydalanilgan adabiyotlar.
M U Q A D D I M A
Kompyuter, Internet va elektron pochta sohasidagi tazyiqlar va jahon mutaxassislari tavsiya etgan himoyalanish yollari, usullari haqidagi tahliliy maqolani [2] da muallif vada qilgan edi. Shu maqola quyida keltirilmoqda.
1. MAXSUS XIZMAT ORGANLARI JURNALIST ALISHER TAKSANOVGA QARSHI INTERNETDA UYUSHTIRGAN FITNASI
Ozbekiston maxsus xizmat organlari bazi bir fuqarolarning ozaro shaxsiy yozishmalari, suhbatlari, telefon sozlashuvlari, Internet orqali yozishmalarini nazorat qilayotganliklari, hatto igvogorona harakatlar (provokatsiyalar) uyushtirayotganligi sir emas. Bu borada Toshkentda yashayotgan mustaqil jurnalist Alisher Taksanovga qarshi 2006 yil 4 aprel kuni uyushtirilgan fitnani misol qilib keltiraylik.
2006 yil 4 aprelga otar kechasi soat 00:48 minutda www.centrasia.ru saytida A.Taksanov nomidan [3] maqola chop etildi. Etibor bering: [3] maqola oxirida A.Taksanovning Internetdagi shaxsiy electron pochtasi alisher1966@yandex.ru yozilgan, yani ushbu maqola shu electron pochta orqali jonatilgan. Shundan 8,5 soat vaqt otgach, A.Taksanov oshbu maqolani yozmaganligi va bu MXXning navbatdagi fitnasi ekanligi haqida [4] raddiya maqolani chop ettirdi. [4] maqolani toliqsincha keltirib otish orinlidir.
Raddiya. Odil sud fuqarolari, yoki Ozbekistondan chiqish vizasini olish uchun qollanma maqolani men yozgan emasman.
CentrAsiada 4 aprelda Odil sud fuqarolari, yoki Ozbekistondan chiqish vizasini olish uchun qollanma maqolasi Alisher Taksanov imzosi bilan chop etildi. Uni men yozmaganligimni bildiraman. Unda viza olish va mening muammolarim haqida yozilgan. Lekin ushbu maqolaning ozini men yozgan emasman.
Bu maqola qayerdan va uning muallifi kimligini bilmayman, ammo bu MXX qollarining ishi ekanligiga ishonchim komil. U meni jurnalist etikasi (axloqi)ni buzganlikda tutib olishni, meni qilmagan ishim uchun jinoiy javobgarlikka tortishni xohlaydi.
Pogonlilardan qaysinisidir meni tuhmat va haqorat qilganlikda ayblashni xohlaydi, mana mayyor G.Mirsobirova haqida hech kim bilmaydigan (faqat Xudo biladigan) gaplarni yozgan. Men bu ayol haqida hech narsa bilmayman va uning haqida pora oladigan inson deb hech qachon yozgan emasman. Yana bildiraman: Odil sud fuqarolari, yoki Ozbekistondan chiqish vizasini olish uchun qollanma maqolasini men yozgan emasman.
Alisher Taksanov
alisher1966@yandex.ru [4]
2. FUQAROLARNING OZARO SHAXSIY YOZISHMALARIGA YOT KIMSALARNING YOKI MAXSUS XIZMAT ORGANLARINING ARALASHISHI QANDAY OQIBATLARGA OLIB KELISHI MUMKINLIGIGA ABDULLA QODIRIYNING OTKAN KUNLAR ROMANIDAN MISOL
Ozbekiston fuqarolarining ozaro shaxsiy yozishmalariga, jumladan bugungi kunda Internet orqali olib borilayotgan xat almashinuvlariga yot kishilarning, aniqrogi maxsus xizmat organlarining ataylab aralashishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga buyuk tariximizdan bitta misol keltiraylik. Ulug yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning Otkan kunlar romani va undagi voqealarni eslaylik. 1970-yillar boshida suratga olingan Otkan kunlar badiiy filmida romandagi voqealar sal ozgartirilgan va qisqartirilgan, yani anchagina epizodlar (korinishlar) filmga kiritilmagan. Takidlash lozimki, film juda yaxshi ishlangan!
Otkan kunlar romani va filmi orasidagi farqlar borligi sababli maqolamizning ushbu bandi uchun zarur bolgan kitobdagi voqealarning muhim joylarini qisqacha eslatib otsak. Otabekning onasi Ozbek oyim va otasi Yusufbek hojining qistovi, qaynatasi Mirzakarim qutidor va qaynanasi Oftob oyim, shuningdek sevgilisi Kumushbibining roziligi bilan u 1849 yilda Toshkentda Zaynab ismli qizga uylanadi. Ikki nafar xotini bolgan Margilonning oziga toq, boyroq odamlaridan biri bolmish Homid xotinboz [5, 8-b.] Kumushbibini uchinchi xotin qilib olish niyati bor edi. Homid uzun boylik, qora chotir yuzlik, chaqir kozlik, ottiz besh yoshlarda bolgan korimsiz bir kishi edi [5, 8-b.]. Aslida u 19-asr maxsus xizmat organlarining aygoqchisi, xufiyasi, birovlar ustidan maxfiy malumot, xabar yetkazib beruvchi, battol odamdir. Homid xotinbozning ushbu yomon tomonlarini fosh etuvchi bitta voqea bayonini [5]dan keltirib otaylik.
Mirzakarim qutidor 1265 yil (1848-1849) yil qishida uch-tort ogaynilarini va toshkandlik Otabekni oz uyiga mehmonga taklif etadi. Mehmondorchilikdagi suhbat qizigan bir paytda Oftob oyim chori (xizmatkor ayol) Toybekaga bir ish buyuradi.
- Tashqaridan xabar olingiz-chi, opa, dedi Oftob oyim, choy kerak boldimikin.
Toybeka nari-beri oshini yeb tashqariga chiqib ketdi. Oradan daqiqa vaqt otkan yo otmagan edi hovliqib ayvonga keldi:
Tuf-e, qurib ketsin, jonim chiqib ketdi-ya!
Bir soatdan beri joynamozdan qozgalmay tasbih agdarib olturgan Oysha buvi (Oftob oyimning 70 yoshdan oshgan onasi, A.Sh.) Toybekani boshdan-oyog kuzatib yana ishiga mashgul boldi. Oftob oyim iltifotsizgina kulimsirab tanchadan soradi:
Nima boldi, nega muncha qorqish?
Toybeka damini rostlab ustunning tegiga olturdi:
Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan otarmanmi, allakim baloga turtinib ketdim. Qorqqanimdan oz qoldiki, dodlab yuborsam Chamasi mehmonlarga qarab turgan ekan.
Kimbalo ekan?
Qoronguda yaxshi ajratolmadim, tusini gira-shira anovi qora Homidga oxshatdim. Tagi umi, boshqami Xudo bilsin, shatir-shutir qildi-da, chiqib ketdi. [5, 33-b.]
Shunday qilib qora Homid (Homid xotinboz) ozining qora niyatini amalga oshirish uchun Otabek va Kumushbibining ozaro samimiy munosabatlarini buzish, oralariga nifoq solish maqsadida Otabek nomidan Kumushbibiga soxta xat yozadi. U xatning oxirini quyidagicha tugallaydi. Manim bu taloq xatimni albatta shariat peshvolari shariy hisoblab iddangiz bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalar kerak. Otabek Yusufbek hoji ogli. 13-nchi javzo, 1265 yil (1849 yil 4 may, A.Sh.), Toshkand [5, 170-b.]
Ushbu xatni Kumushbibiga Sodiqning onasi Jannat opa (puchuq xotin) olib borib beradi. Taloq xatni oqigan Kumushbibi hovlida hushidan ketib yiqiladi. Ertasi kuni puchuq xotin Jannat opa Mirzakarim qutidorning uyiga yana keladi va Oftob oyim bilan Kumushbibiga murojaat qiladi: Ertaga oglim Toshkand jonamoqchi, otangizning xat-patlari bolsa qix [5, 173-b.] deydi. Unga javoban Kumushbibi: Otamning xatlari yoq, meniki bor, ozgina kutishka vaqtingiz bolsa, yozib berar edim deb Otabek nomiga xat yozib beradi (Kumushbibining bu xatining matni kitobda yozilmagan).
Homid xotinboz Jannat opadan Kumushning javob xatini olgach, u navbatdagi soxta xatni endi Kumushbibi nomidan Otabekka bitadi va xat oxirida quyidagicha yozadi: Sizga yangi yor, menga uyatsizlikning qurboni bolish muborak. Kumush emas, Tuproqbibi yozdim. 17-nchi javzo, 1265 yil (1849 yil 8 may, A.Sh.), Margilon. [5, 166-b.]
Toshkentda Otabek va Zaynabning nikoh toyidan 20 kunlar otgach, charlardan tort kun avval Otabekka Margilondan bir yigit Kumushbibi nomidan soxta xat olib keladi. Bu yigitning ismi Sodiq bolib, u Jannat opaning ogli, Homid-xotinbozning malaylaridan biri, ikki begunoh odamni buyurtma asosida oldirgan, buyurtma qotil ekanligi romonda yozilgan.
Otabek Kumushbibi nomiga shu kuniyoq xat yozadi va uni quyidagi sozlar bilan tugallaydi: Borligim muhabbatingiz alangasi bilan tutashqani holda zavjingiz Otabek. 26-nchi javzo, 1265 yil (1849 yil 17 may, A.Sh.), Toshkand. [5, 178-b.]
Soddadil Otabek ertasi kuni ozi tanimagan Sodiqbek orqali Margilonga Kumushbibiga javob xatini berib yuboradi. Sodiq xatni Magilonga, Homid xotinbozga olib borib beradi. Shu yerda A.Qodiriyning Otkan kunlar romanidan yana bitta iqtibos keltirib otsak.
Homid puchuq xotin (Jannat opa, A.Sh.) orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan ozining birinchi martaba yuborgan xiyonatnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib Otabek kokragiga ham qol solib kormak va uning Kumushbibiga bolgan munosabatini bilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliq Toshkandga yuborgan. Sodiq esa oquguchiga malum maktubni Otabekka topshirib, Otabekning Kumushka yozgan maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homid tomonidan oqilib otdi [5, 179-b.]
Endi Homid xotinboz Otabek nomidan Kumushbibiga yana bitta soxta xat yozadi (bu soxta xat matni kitobda keltirilmagan). Shu soxta xatdan song Kumushbibi va uning ota-onasining Otabekka munosabati tamoman, uzil-kesil buziladi va Otabek Margilonga Kumushbibi uyiga kelganida Mirzakarim qutidor tomonidan darvozadan ichkariga qoyilmay haydaladi.
Endi Homid xotinboz boshchiligida amalga oshirilgan yomon ishlar Otabekka qanday malum bolganligi haqida ham bayon etaylik. Chunki romonda voqealar kinodagiga nisbatan boshqacha yozilgan.
Otabek Mirzakarim qutidor uyi oldidan haydalgach, shu ketishda usta Alimnikiga borib qoladi, unikida mehmon bolib, unga ozini toshkandlik savdogar Shokirbek deb tanishtiradi. Malum bir vaqt otgach, Kumushbibining boshi ochiq bolganligi sababli Mirzakarim qutidorning uyiga sovchilar yana kela boshlaydi. Kumushbibi bir yildan song turmushga chiqishi mumkinligini aytadi. Natijada 1267-yilning (1851 yilning) kuzida margilonlik Salim sharbatdorning ogli Komilbek bilan nikoh toyi belgilanadi. Toy kuni Komilbek dosti bilan birga hammomga borganida, tahorat uchun ogilga kirganida kimdir unga xanjar urib, oxurga tiqib ketadi. Shu fojeaning ertasi kuni usta Alimning uyiga dosti usta Farfi keladi va voqeani quyidagicha sozlab beradi.
- Gumondor bormi? dedi usta.
Gumondor-ku yoq, ammo ajib, dedi usta Farfi va davom etdi. Kecha Komilbekning Mirzakarim akaning qizi bilan nikohlari bolmoqchi ekan. Bechora nikohdan ikki soat chamasi ilgariroq yoniga bir ortogini olib hammomga borgan va bir onda hammom ichidan yoqolgan, qolgan. Qiznikida hamma tajammulni (kerakli narsalarni) tayyorlab, Komilbekning otasidan tortib nikoh qilaturgan qoziyu quzzotlargacha kuyavni kutib olturar ekanlar. Bir vaqtda haligi birgalashib hammomga tushkan yigit hovliqib qiznikiga kelgan, kuyav kutib olturganlar kuyavdan darak sorasalar, ul ulardan kuyavni soragan va voqiani aytib, hammomda kiyimlarini ham qoldirib bir onda yoqolganini xabar bergan. Shundan song nikoh-nikohda, osh-oshda qolib kuyavni qidirib ketganlar. Nihoyat yarim kechada hammomning tahoratxonasi yonidagi bir ogilning oxuridan qoniga belashib yotqani holda topqanlar. Bechora tahorat uchun ogilga kirganda tovush chiqarmasliq yeriga xanjar urib, oxurga tiqib ketkan ekanlar. Juda qiziq gap Kim oldirgan va nima uchun oldirilgan, hech kim bilmaydir, dedi. [5, 226-227-b.]
- Agar gumonim togri bolsa, Komilbekning qotili Homiddir.
Bu soz Otabekni ajablantirgandek, usta Alimga ham garib eshitilgan edi.
Homid deysizmi?! deb soradi usta Alim.
Homid, dedi, yana sekingina usta Alimdan soradi, siz Umarbekni Homidga yaqin dost ekanligini bilarsiz, albatta?
Bilaman, hamma vaqt yurish-turishi oshaning bilan edi.
Bali, dedi usta Farfi. Osha Umarbek bilan oralariga bir sovuqliq tushdi-da, mundan on kuncha ilgari Homidning bir mudhish vahshati togrisida Umarbekdan bir sir eshitdim. Homid Komilbekni oldirganda ustida bolmagan bolsam ham ammo haligi eshitkan sirrimning dalolatiga qarab albatta Komilbekning qotili Homid degan fikrga tushdim Siz mundan uch yilcha ilgari Margilon kelib Mirzakarim akaning qiziga uylangan Otabek ismlik Toshkandlik bir yigitni haligi qayin ota bolmish Mirzakrim aka bilan qamalib, osilishiga hukm qilinganlarida dor ostidan qutqarilish voqialarini xotirlaysizmi?.. Albatta yodingizda bolsa kerak, hov, biz Sariboyning dokonida choy ichishib olturgan edik-ku, yodingizga tushdimi?
Esimda bor, esimda bor, dedi usta Alim va Otabekdan soradi, balki siz tanirsiz, Toshkandda mashhur bolgan Yusufbek hoji deganning ogli.
Taniyman, dedi Otabek va hikoyani buncha uzoqdan solgani va oz ustida gap yurgizgani uchun tong ajab ichida usta Farfining ogziga qarab qotqan edi.
Usta Farfi yarim-yarim tovushda davom etdi:
Ana shu yigitning olgan xotini juda ham nozanin bir qiz bolib, bu qizga bizning Homid ham xaridor ekan. Haligi Otabek qizga uylanib qoygach, bizning Homid tikanga agnab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani kotarish fikriga tushkan va bolmagan chaqimchiliqlar bilan ularni dor ostigacha tortishga muvaffaq bolgan (Soz bu yerga yetkanda, Otabek bilintirmaslik qilib bir entikib qoydi.) Usta Farfi davom etib dedi: Ammo Xudoning haqni nohaq qilmasligi soyasida bir maktub sababi bilan kutmagan joyda dor ostidan najotka chiqganlar. Bular oqlangach, Homidning ozi qamalaturgan bolib, ammo qorboshining yordami orqasida Qoqonga qochib qutilgan va ul yerda ham tinch yotmay Ottaboy qoshbegini poraxorlikda ayblab, Musulmoncholoqqa ariza bergan, dedi va sozini bu yerda toxtatib ustadan soradi: Ozingiz ham bilsangiz kerak, Homid bir kecha yoqolib uch oylab bedarak ketkan va uni qorboshi yigitlari qidirib yurgan edilar.
Usta Alim tasdiq ishorasini berib:
Sozlay beringiz, dedi. Ammo Otabek bu dahshatlik haqiqatni eshitmakda bolgan quloqlariga ishonmas va ozini kuch orqasida tutib turar edi.
Usta Farfi tovushini sekinlatib davom etdi:
Homidning Musulmoncholoqqa bergan arizasidan song, Otabek bilan Ottaboy qoshbegi Qoqonga chaqiriladirlar-da, soroqdan song yana oqliqqa chiqadirlar.
Ammo Homid uch oylab Margilon kelolmay yurgach, nihoyat yana qorboshining yordami bilan kelishka ham muvaffaq boladir. Biroq Homid hanuz tinch yotolmaydir. Fursati kelish bilan yana bir yomonliq qilmoqqa, qutidorning qizini oziniki etishka oylab yuradir. Tonguzning baxtiga bu fursat ham togri kelib, yana yomonliqqa yuz qoyadir. Shundoqki, Otabekning Toshkanddan ham uylanganini bilib, uning tilidan bir taloq xati yozdiradir-da, Mirzakarim akanikiga kirguzadir.
Otabek ozini nechogliq bosib ushlab kelgan bolsa ham, lekin endi ichidan qaynab-toshib ketkan hissiyotini bosolmadi vijdonsiz, tonguz! dedi-da, ixtiyorsiz ornidan turib ketdi. Usta Alim ham ozini tinch tutolmadi. Badbaxt, kofir! deb qoydi. Otabekning ozgarishidan usta Farfi shubhaga tushayozgan bolsada, lekin usta Alimning ham unga qoshilishi uni oylatib turmadi, Otabek qaytib orniga olturgach, ul davom etdi:
Bu soxta taloq xati togrisida Otabekning nima qilganligi Homidga ham malum bolmaydir. Lekin ish Homidning oylaganicha natijalanib, bir necha vaqtdan song Mirzakarim akaning qizini taloq qilinishi xabari chiqib qoladir. Oradan uch-tort oyni otkazib bizning Homid Mirzakarim akanikiga sovchi kirguzadir. Ammo Mirzakarim aka uning sovchilarini quruq qaytaradir. Bir necha vaqtdan song, Homidning soxta taloq xatisi bilan eridan chiqgan qiz Komilbekka beriladir va nima uchundir toylari bir necha vaqtka kechikib qoladir-da, oradan biror yilni otkazib, nihoyat kecha ularning toy va nikoh kunlari ekanki, Komilbekning hammomda oldirilgan xabarini eshitib turibmiz. Mana men yuqoridagi sabablarga binoan Komilbekni oldurguchi aniq Homid, deb oylayman, dedi.
Usta Alim boshini chayqab:
Bunda shubha yoq, nax Homidning ozi, dedi va ozicha: Eh, essiz musulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik boladimi, ozingning bir emas, ikkita xotining bolaturib, tagin bir yigitning haloliga koz olaytirish Yana ozingning boying yetmasligini bilaturib ham, ikki orada bir gunohsizning qonini tokish eh, shayton bolasi! deb qoydi.
Bu bir it, dedi usta Farfi, tomdagi luqmani ozi ham yeyolmaydir, boshqaga ham yedirmaydir, nax itning ozi! [5, 228-230-b.]
Otabek shu suhbatdan song Margilondan Qoqon tarafga jonab ketadi. Uning orqasidan Sodiq kuzatib boradi. Otabek karvonga qoshilib ketganini korgach Sodiq Margilonga qaytadi. Malum bir vaqt otgach Otabek otni orqaga buradi va qorongilik tusha boshlaganda Margilonga kirib keladi. Tun qorongusida usta Alim hovlisidan Jannat opa va uning ogli Sodiq yashaydigan hovliga yashirincha otadi. U darcha oldida turib, ichkarida Homid xotinboz, Sodiq, Mutal va Jannat opa suhbatiga quloq soladi. Ular kop may ichib, Kumushbibini dushanba kechasi ogirlashga kelishadilar. Bu mudhish rejani bilib olgach, Otabek dushanbadan seshanbaga otar kechasi osha qazilayotgan chuqurda Mutalni bogib oldiradi, Sodiqni esa xanjar bilan urib, u bilan chuqurda kurashib, uni olasi holatga soladi va chuqur oldidagi yalanglikda Homid xotinbozning qornini xanjar bilan tilib tashlaydi. Bu voqeani oquvchi kinoda ham korgan.
Otabek ertasiga, kun choshgohga yetkanda, usta Alimnikiga boradi va ozi Shokirbek emasligi, Otabek ekanligini va barcha voqealarni, jumladan shu kechasi uch kishini tinchitgani haqida gapirib beradi. U oz hikoyasi oxirida usta Alimga bitta iltimos qiladi.
- Men shu soatning ichida Toshkand jonashga majburman. Shuning uchun siz bu xatlarni qayin otamnikiga oz qolingiz bilan eltib berasiz. Xatlarning birisi qayin otamga, ikkinchisi unga (Kumushbibiga, A.Sh.) dedi. [5, 254-b.]
Shu yerda Otabekning Kumushbibiga yozgan maktubidan bitta iqtibos keltiray.
Sizdan emas otangizdan bir opkalashim bor: soxita taloq xatimni manim oz qolim bolib, bolmaganini ajrata olmagan. Gumonimcha bu soxita xat sizga ham korsatilmagan oxshaydir, chunki, ayniqsa sizning koz ongingizdan bu haqiqat qutila olmas edi Har holda taqdirning bunchalik oyinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olar edik? Bu togrida mendan ham otkan joylari bordirkim, sizning birinchi martaba menga yozgan xatingiz manosidan dahshatlik suratda ozimni tagofilga solgan va xat keltirguchini surishtirmasdan javob xati berib yuborgan edim. Shuning ila sizni-da, ozimni-da Homid qolida oyin bolmogimizga katta yol ochqan edim [5, 264-265-b.] (Otabek va Kumushbibi bilan bolib otgan keyingi voqealar haqida oquvchimiz Otkan kunlar filmidan ham, romanni oqish orqali ham yaxshi biladilar.)
19-asr maxsus xizmat organlarining aygoqchisi, xufiyasi, birovlar ustidan maxfiy malumot, xabar yetkazib beruvchisi Homid Otabek va Kumushbibi orasidagi xatlar masalasida aralashib, natijada u ikki yoshning baxtli turmushiga rahna soladi, ular ajralib ketish darajasiga borib yetadi va ikki yildan ortiq ayriliq azobini boshidan kechiradilar.
Bugungi kunda 21-asrda esa eshituvchi qurilmalar naqadar rivojlanganligi, Internet orqali demokratlar ozaro xatlarini maxsus xizmat organlari xodimlari oqiyotganlari, hatto xatlar matniga ozlari bazi bir sozlarni qoshishlari, tanishingiz nomidan sizga xatlar yozishlari mumkinligi sir emas. 19-asrda Otabek va Kumushbibilar xatlarining qolyozmasini taqqoslash orqali soxta xatni aniqlashtirish mumkin edi. Hozirgi kunda esa Internet orqali kelayotgan va yuborilayotgan xatlarni bunday tekshirish ilojimiz yoq. Endi bugungi kundagi ahvolga nazar solaylik.
3. JAHONDA INTERNETDAGI SOZ ERKINLIGI DARAJASI VA OZBEKISTONDA KOMPYUTER, INTERNET VA ELEKTRON POCHTA SOHASIDAGI TAZYIQLARGA DOIR BAZI BIR HAYOTIY MISOLLAR
Ozbekiston maxsus xizmat organlarining ayrim xodimlari Internetda bazi bir bemani ishlar qilayotganliklariga misol sifatida maqolamizning 2-bandida mustaqil jurnalist Alisher Taksanov bilan bolib otgan voqeani yozgan edik. Ushbu bandda Internetdagi erkin soz darajasiga doir vaziyat va Ozbekistonda Internet bilan bogliq roy bergan katta-kichik voqealar hamda faktlarni keltiramiz.
3.1. INTERNETDAGI SOZ ERKINLIGI DARAJASIGA OID CHEGARA BILMAS MUXBIRLAR XALQARO TASHKILOTINING 2006 YILGI HISOBOTIDAN AYRIM MALUMOTLAR
Malumki, har yili jahonda 3 may kuni Xalqaro matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi. Markazi AQSHning New York shahrida joylashgan Chegara bilmas muxbirlar (Reporters without borders) xalqaro tashkiloti jahon Internetidagi soz erkinligiga doir oz hisobotini chop etdi. Internetda inson huquqlariga amal qilish borasida 24 mamlakatga etiroz bildirilgan. Sobiq Sovet Ittifoqi hududida tashkil topgan 15 davlatdan faqat Ozbekiston, Turkmaniston va Belorusiyada Internetga senzura qollanilayotganligi yozilgan.
Hisobotda takidlanishicha, Internetda yozgan tanqidiy fikrlari uchun 2003 yilda Xitoy, Vetnam va Maldiv orollari fuqarolari qamalgan edi. 2006 yilga kelib xuddi shunga oxshash tanqidiy fikrlari uchun Eron, Liviya, Suriya va Tunis fuqarolari qamaldilar. [6]
Bazi bir malumotlarga qaraganda, Oliy Majlisda OzR Ommaviy axborot vositalari togrisidagi qonunga jiddiy ozgartirishlar kiritish ustida ikkinchi oqishda muhokamalar bolmoqda (ushbu qonunni yangidan qabul qilishmoqchi, shekilli). Bu tuzatishlarga asosan Internet ham gazeta, jurnal, radio, televideniye kabi ommaviy-axborot vositasi, deb hisoblash nazarda tutilgan. Yani Internetda chop etiladigan tanqidiy maqola va fikr uchun fuqarolarni javobgarlikka tortishga, boshqacha aytganda Internetga ham senzurani joriy etishga harakat qilmoqdalar. [7]
3.2. OZBEKISTONDA INTERNETNI YALPI NAZORAT OSTIGA OLISHGA HARAKATLAR QILINAYOTGANLIGIGA MISOL: SharqTELEKOM YOPIQ AKSIONERLIK JAMIYATI (YoAJ)NING FTP-SERVISIGA QOYILGAN TALABLAR BAYONI
Avval Ozbekistondagi SharqTELEKOM kompaniyasi faoliyati haqida malumotlar keltirib otaylik.
Sharq Telekom kompaniyasi oz faoliyatini 2003 yil iyul oyida boshlagan. Bugungi kunga kelib u malumot uzatish tarmogining Ozbekistondagi yetakchi operatorlaridan hisoblanadi. Kompaniya hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada xizmat korsatish va yangi texnik qudratlarga ega.
Ozbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi tomonidan berilgan AA N 0000288 raqamli litsenziya malumot uzatish tarmoqlari boyicha xizmat korsatish, loyihalashtirish, qurilish va foydalanish boyicha faoliyatlarni amalga oshirishga ruxsat beradi. [8]
2003 yilning 1 iyunidan 2 Mb/s hajmdagi tolali-optik aloqa liniyasi orqali ToshkentMoskvaNyu-York malumot uzatish xalqaro kanalimiz ishga tushdi. Ushbu kanal ToshkentMoskva uchastkasida 100%li yoldoshlar orqali rezervlab qoyishga, MoskvaNyu-York uchastkasida 100%li yer yuzasida rezervlab qoyishga ega. AVARIYA holatidagi marshrutga otish vaqti 40 ms dan oshmaydi. Kanallar M9 xalqaro trafik almashish nuqtasiga keladi.
Hozirda kompaniya quyidagi stansiyalar orqali ADSL texnologiyalari orqali Internetga ulanish tugunlariga ega: 144-ATS, 152, 133, 77 (367), 45, 46, 43, 134, 162, 55, 137, 78/173, 116/117, 93/191/199, 125, 67/68, 51, 50, 74, 76, 21/24/121, 65/66/166, 41, 96/194, 170, 53/115, 42/49, 29, 40, 118/117, 22/23/123, 94/97, 398/148, 98, 57/58, 72, 64/161, 169, 79-ATS.
Kompaniya barcha aloqa tizimlari boyicha doimiy monitoring amalga oshiradi. Texnik yordam korsatish xizmati sutka davomida ishlaydi. Tel.: 113-00-00, va 7. [8]
Sharq Telekom YoAJning telekommunikatsiya tarmogi asosini Kvant-Ye zamonaviy raqamli kommutatsiya tizimi negizida yaratilgan OPTS-113 telefon tayanch-tranzit stansiyasi tashkil etadi. Umumiy foydalanish tarmogiga OPTS-113 ni ulash OKS 7 signalizatsiya trakti boyicha amalga oshiriladi.
Stansiya integratsiyalashgan telekommunikatsiya xizmatlari korsatishni, ISDN PRI trakti boyicha muassasa va ofis stansiyalarini umumiy foydalanish telefon tarmogiga ulanishni taminlaydi, jismoniy shaxslarga telefon nomerlari ajratish imkonlari ham mavjud.
Sharq Telekom kompaniyasining mijozlari qatoriga: Markaziy bank, KAPITALBANK, Kredit-Standart bank, GNK, FHV, Ozbeksiton TELERADIOKOMPANIYASI, Ozbekinvest, Respublika tovar-xom-ashyo birjasi, Toshkent texnika universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Fan va texnologiyalar markazi, Ozbekiston ITE XP, British Council, UzBAT, Pulsar MCHJ, DSS Express, IncomSoft va boshqalarni kiritish mumkin. [8]
Endi Ozbekistonda Internetni yalpi nazorat ostiga olishga harakat qilinayotganligiga doir [10] hujjatning tarjimasini toliqsincha keltiramiz. Xulosa chiqarish oquvchimizga havola, chunki izohga hojat yoq. Eslatib otamiz: maqolamizda informatsiya va axborot sozlari bir xil manoda ishlatilmoqda.
SharqTELEKOM YoAJ FTP-SERVISINING FOYDALANISH QOIDALARI VA ISH TARTIBI
FTP-servis moderatori (inglizcha servis xizmat; moderator cheklovchi, tiyib qoyuvchi, A.Sh.) oz ishida SharqTELEKOM YoAJ FTP-zahira (resurs)lardan foydalanish qoidalari toplamiga amal qiladi.
1-modda. Umumiy qoidalar
Ushbu qoidalar SharqTELEKOM YoAJ taqdim etayotgan FTP servisni tartibga soladi va foydalanuvchilar albatta bajarishlari kerak.
Qoidalar buzilganda SharqTELEKOM YoAJ mamuriyati abonentni (nemischa abonent abonimentga ega bolgan shaxs [9, 9-b.]) ushbu kira olish yolini yopish korinishidagi sanksiyani qollash huquqiga ega (lot. sanktio buzilmaydigan eng qatiy qaror [9, 572-b.]).
Qoidalarning yangilangan shaklini (versiyasini) FTP-servis tub royxati (katalogi)dagi rules (qoidalar, A.Sh.) papkasiga erkin kirish uchun qoyiladi.
2-modda. Ish tartibi
Foydalanuvchilar boshqa abonentlar erkin kirishi uchun FTP-servisga qoyiladigan barcha informatsiyalarni FTP-servis moderatori oldindan maqullamogi kerak.
Buning uchun FTP-serverda incoming (ingliz. incoming kelish, daromad, A.Sh.) papkasi tuzilgan, barcha foydalanuvchilar informatsiyani dastlab unga joylashtirmoqlari zarur.
Saralangan va strukturalashtirilgan informatsiya qoyilgan tub royxat papkalariga abonentlarning togri kirish imkoniyati bolmaydi.
Incoming papkasiga kelgan informatsiyani FTP-server strukturasiga muvofiq olingan axborotni guruhlaydi va qoyadi.
FTP-servis moderatori kelgan informatsiyani qoyish yoki rad qilish haqidagi qarorni abonent incoming papkasiga axborotni qoygan paytdan boshlab 24 soatlik muddat davomida berish majburiyatini oladi.
3-modda. Mazmuni
Foydalanuvchilar quyidagi xarakterdagi informatsiyani FTP-serverga qoyishlari taqiqlanadi:
siyosiy mazmundagi informatsiya;
diniy mazmundagi informatsiya;
hokimiyatni zorlik bilan agdarish (bosib olish)ga, milliy nizolar va irqiy adovatni avj oldirishga, u yoki bu jinsni, irqni yoki jinsiy yonalishdagi qadr-qimmatini kamsitishga davat etuvchi informatsiya;
pornografik (grekcha porn fahsh, buzuq + grapho yozaman adabiyot, tasviriy sanat, teatr, kino, (Internet-saytlarida, A.Sh.) va shu kabilarda jinsiy hayotni juda ham ochiq-oydin, hayosizlarcha tasvirlash [9, 9-j., 12-b.]) mazmundagi informasiya;
beadab, peshtaham, yolgon, ota ketgan qopol (vulgar), haqoratomuz, tuhmatdan iborat, surbetlarcha, odobdan tashqari mazmundagi informatsiya;
viruslar, troyanlar, reklama botlari va boshqalar bilan zaharlangan informatsiya;
erkin tarqatilishi lisenziyali (lot. licentia ruxsatnoma, huquq [11, 5-j., 298-b.], A.Sh.) shartnomalar va mualliflik huquqlari bilan chegaralangan informatsiya;
shuningdek OzR qonunlari hamda qonun aktlarini va odob-axloq normalarini buzuvchi har qanday boshqa informatsiyalar.
Ushbu Qoidalar va Ish tartibi majburiydir va SharqTELEKOM YoAJning FTP-servisi zahiralaridan foydalanishni xohlovchi abonentlar rioya qilishlari shart. [10]
3.3. ONALAR OLIM JAZOSIGA VA QIYNOQLARGA QARSHI QOMITASINING RAHBARI TAMARA CHIKUNOVANING www.freeuzbekistan.com SAYTI MUHARRIRI VALERIY PETRENKOGA YOZGAN XATI
Avval Tamara Chikunova haqida malumot beraylik. U 1948 yil 2 iyunda Toshkent viloyatida tugilgan. Toshkent Qishloq xojaligi irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislar instituti (hozirgi Irrigatsiya va melioratsiya instituti)ning Qishloq joylarini rejalashtirish fakultetini 1971 yilda tugatgan. Turmush ortogi harbiy zobit bolganligi sababli u 1973-1975 yillarda Germaniyaning Fortsina shahrida ulgurji bazada savdo vakili bolib ishladi. 1976-1982 yillarda Borisov shahridagi (Belorusiya) politexnikumda muhandislik geodeziyasidan dars berdi, 1982-1987 yillarda Choyr shahrida (Mongoliyada) savdo vakolatxonasida, 1987-1993 yillarda Sankt-Peterburgda savdo kooperativining rais orinbosari lavozimida ishladi. U 1993 yilda Toshkentga kochib otib, 1993-1999 yillarda huquq maslahatchisi (yurist konsultant) bolib mehnat qildi.
1999 yilda T.Chikunovaning 1971 yilda tugilgan Dmitriy ismli yagona ogli ikki kishini oldirganlikda noqonuniy ravishda ayblanib qamoqqa olingandi. Toshkent viloyat sudi asossiz ayblar bilan 1999 yil 11 noyabrda Dmitriy Chikunovni olim jazosiga hukm qildi. T.Chikunova oglining hayoti uchun kurash olib bordi. U 2000 yil 12 iyul kuni rasman ruxsat qilingan uchrashuv asosida ogli bilan korishishga borganida unga ogli Dmitriy 2000 yil 10 iyul kuni qatl etilganligini aytishdi. Shunday qilib, Dmitriy Chikunovni Toshkent qamoqxonasida yashirin ravishda otib tashlashdi. [12]
T.Chikunova 2000 yil 15 oktyabrda Toshkentda Onalar olim jazosiga va qiynoqlarga qarshi qomotasi nomli nodavlat mustaqil jamoat tashkilotini tuzdi. U 2000-2006 yillar davomida shu tashkilot rahbari va bosh yonaltiruvchisi (koordinatori) bolib ishlab kelmoqda. Ushbu tashkilotning ofisi 2005 yil fevraligacha T.Chikunova xonadonida (Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Fitrat kochasi, 6-uy, 21-xonadon; uy tel. 133 44 70) edi. 2005 yil fevralidan bugunga qadar tashkilot ofisi Toshkent, Markaz-5 mavzesi, 74-uy, 4-xonadonda joylashgan (tel. (998 71) 134 68 70; E-mail: tamara4848@mail.ru; veb-sayti: www.materi.narod.ru ).
T.Chikunova 2003 yil 29 sentyabr va 2005 yil 4 avgust kuni Ozbekistonda olim jazosiga moratoriy elon qilishni sorab OzR prezidenti I.Karimovga ochiq xatlar yozdi. U va uning tashkiloti say-harakatlari bilan shu kunga qadar olim jazosiga mahkum qilinganlardan 20 nafar mahbusga olim jazosi bekor qilindi va ular hayoti saqlab qolindi!
Tamara Chikunovaga 2004 yil 1 iyulda Rim shahrida (Italiya) Nobel mukofoti sovrindori Rita Levi Montalchino rahbarligidagi Archivio Disarmoning hakamlar hayati Tinchlik va Inson Huquqlari Ishida ozini korsatgan ayol sifatida T.Chikunovaga rasmiy ravishda maxsus GOLDEN DOVES FOR PEACE (Tinchlikning oltin kabutari) mukofoti berildi (bu haqda www.archiviodisarmo.it saytida ham yozilgan).
2004 yil 10 oktyabrda hakamlar hayatining qarori bilan T.Chikunovaga Nurenberg, Menschen rechte-2005 mukofoti berildi (bu haqda www.menschenrechte.nurnberg.de saytida ham yozilgan).
U 2004 yil 3 dekabrda Italiyaning La Donna Dell ANNO-2004 mukofoti bilan ham taqdirlangan. 2005 yil 4 aprelda Sitsiliyaning Kataniya shahridagi (Italiya) Blue Drop Group (Moviy Tomchi Guruhi) tashkiloti ozining Mimiosa dOro xalqaro mukofotini T.Chikunovaga berdi.
T.Chikunovaga 2006 yil 30 mart kuni Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasida Fransiya Respublikasining inson huquqlari sohasidagi Ozodlik-Tenglik-Qardoshlik medali berildi. (Bu medal har yili Inson huquqlari kuni bolmish 10 dekabr kuni Fransiya Respublikasi Bosh vaziri tomonidan beriladigan mukofotdir.) [13]
Endi maqolamizning asosiy mavzusini davom ettirsak boladi. Ozbekistonda kopgina qiziqarli Internet-saytlar, jumladan Ozbekistonda demokratik islohotlar va mayda millatlar huquqlari xalqaro assotsiatsiyasining Erkin Ozbekiston www.freeuzbekistan.com veb-sayti bazan toliq, bazan qisman tosilmoqda (blokirovka qilinmoqda). Bunday saytlar yoki saytdagi alohida maqolalar kompyuter monitorida ochilmaydi, aniqrogi Ozbekiston politsiya rejimiga xizmat qiluvchilar tomonidan tosiladi.
www.freeuzbekistan.com saytining rahbari Valeriy Petrenko saytda chop etilgan maqolalarni, xabarlarni oqishni tavsiya etib, ayrim faol fuqarolar elektron pochtasiga jonatadi (bunday jonatmalar undan kamina elektron pochtasiga ham kelgan). Odatda pochta egasi oz pochtasini ochib, maqola nomi ustiga yonaltirgich (kursor)ni qoyib, kompyuter sichqonchasining chap tugmasini bossa, bir ozdan song shu maqola monitorda paydo bolishi kerak. Ammo, lekin, biroq bunday yaxshi maqola Ozbekistondagi rejim sharoitida ochilmaydi. Xuddi shu vaziyatdan chiqish maqsadida T.Chikunova V. Petrenkoga quyidagi xatni yozgan.
Hurmatli Valeriy.
Vebsaytga tavsiya etib jonatgan xatingizni men olayapman, lekin, afsuski menda hammasi tosilgan va agar siz ushbu chop etilganlarni (maqolalarni, xabarlarni, A.Sh.) menga jonata olsangiz men sizdan juda minnatdor bolardim.
Hurmat bilan Tamara Chikunova,
Onalar olim jazosiga va qiynoqlarga qarshi qomitasining rahbari, Inson huquqlari va tinchlik sohasidagi xalqaro sovrinlar: GOLDEN DOVES FOR PEASE-2004 (Tinchlikning Oltin kabutari-2004); La Donna DellAnno 2004; Mimoza dOra, NURNBERG-2005 sovrindori. [14]